SEMERKANT
  SEMERKAQNTIN JUGROFIY JOYLASHUVI, IQLIMI
 

Samarqand shahri Zarafshon daryosining chap qirg`oqidagi tepaliklarda joylashgan. O`zbekistonning avtomobil va havo yo`llari kesishadigan qoq markazida joylashganligi uning iqtisodiy rivojlanishida katta rol o`ynaydi. Viloyatning maydoni 16,8 ming kv km, doimiy yashovchi aholisi 289,5 ming, ularning 74,4 foizi qishloq joylarida yashaydilar. Uning relyefi Buyuk Ipak yo`lining markaziy qismida, Zarafshon daryosi bo`ylab joylashgan, tekislik va tog`lardan iborat. Samarqand viloyati sharqdan Tojikiston Respublikasi, janubdan Qashqadaryo viloyati, g`arbdan Navoiy va shimoli-sharqdan Jizzax viloyatlari bilan chegaradosh. Viloyatda 2 ta shahar va 14 ta tuman : Oqdaryo, Bulung`ur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo`rg`on, Qo`shrabot, Narpay, Nurobod, Payariq, Paxtachi, Pastdarg`om, Samarqand, Tayloq va Urgut mavjud. Samarqand (aholisi 386 ming nafardan ziyod) va Kattaqo’rgon (aholisi 75 mingdan ko’p) shaharlari va 11 ta shaharchalari mavjud. Iqlimining alohida xususiyatlari: issiq va yorug kunlari ko`p, iqlimi quruq va kontinental, qishi yumshoq, yoz esa issiq va quruq. Iyul oyida kunduzi o’rtacha harorat +34 C, kechalari +18 C gacha, yanvarda kunduzlari o’rtacha +7C dan kechalari -4 C gacha bo`ladi. Samarqand aholisi, yer maydoni va sanoati jihatidan O`zbekistonda Toshkentdan keyingi viloyatdir.

 
  Bugün 5 ziyaretçi (18 klik) kişi burdaydı!
Google
 
 
=> Sen de ücretsiz bir internet sitesi kurmak ister misin? O zaman burayı tıkla! <=