Samarqand viloyati respublikada birinchi tashkil bo`lgan viloyatlardan hisoblanadi. U 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining o`rta oqimi havzasida joylashgan. Uning chegaralari g`arb va shimoli-g`arbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli- sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi- sharqda Tojikiston bilan tutash.
Viloyatning markaziy qismi go`zal vohadan iborat bo`lib, bu voha uncha keng bo`lmay sharqdan-g`arbga tomon Zarafshon va Turkiston tog` tizmalari orasini egallagan. Viloyatning asosiy sug`oriladigan yerlari xuddi ana shu maydonlarni egallagan.
Aholi soni (2930,9 ming kishi. 2006)jihatidan Samarqand viloyati Farg`ona viloyati bilan deyarli bir xil bo`lib, ular respublikada birinchi va ikkinchi o`rinlarni bo`lishib oladilar.
Viloyat hududi 16,8 ming km2 Samarqand viloyati qishloq tumanlari soni bo`yicha Qoraqolpog`iston Respublikasi va viloyatlar orasida birinchi o`rinni egalaydi. Bu viloyatda bunday tumanlar soni 16 ta. Ular quyidagilar: Bulung`ur, Go`zalkent, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo`rg`on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg`om, Paxtachi, Samarqand. Toyloq, Urgut, Chelak va Qo`shrabot tumanlari. Shaharlar soni 11 ta (Samarqand, Bulung`ur, Jomboy, Juma, Ishtihon, Kattaqo`rg`on, Nurobod, Oqtosh, Payariq, Urgut, Chelak).
Ko`hna, noyob tarixiy obidalarga boy bo`lgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri bo`lib, u 1924- 1930 yillarda O`zbekiston poytaxti vazifasini bajargan.