SEMERKANT
  TARIXIY OBIDALARI
 

    Samarqand dunyo taraqqiyotining eng qadimgi va markaziy shaharlaridan biri bo`lib, jahon madaniyati va fani xazinasiga katta hissa qo’shgan shahardir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati rahbarligida mustaqillik yillari Samarqand shahridagi arxitektura yodgorliklarini tiklash va ta`mirlash, ayniqsa, eski shahar qismini qayta qurish va ta’mirlash, obodonlashtirish bo`yicha katta ishlar amalga oshirildi. Temuriylar sulolasi yaratgan arxitektura yodgorliklari Misr, Xitoy, Hindiston, Gretsiya, Italiya kabi davlatlarda yaratilgan arxitektura obidalaridan aslo qolishmaydi. Mustaqillik yillarida qaytadan barpo etilgan al Buxoriy, Motrudiy va boshqa tarixiy majmualar tahsinga sazovordir. Samarqand qadimiy Rim bilan tengdoshdir. Uning tarixiy madaniyatining quyi qatlamlari eramizdan avvalgi I ming yilliklarga borib taqaladi. U qadimgi va hozirgi jumboqli Sug`d davlatining poytaxti Maroqand shahri qoldiqlari bilan tillashadi. Samarqand shahridagi Afrosiyob juda ko`p qonli voqealarni boshidan kechirgan. XIII asr boshlarida mo’g`ul bosqinchilari O`rta Osiyoning tinch hayotiga tajovuz soldi, ular juda ko`plab shaharlarni, san`at yodgorliklari va madaniy boyliklarini vayron etdilar. Chingizsxon qo`shinlari tomonidan Afrosiyob yer yuzidan yo’q qilindi. Uylar va saroylar yondirildi, necha asrlab suv berib turgan suv quvurlari barbod etildi, gullab-yashnab turgan bog`lar kultepalarga aylantirildi. Biroq shahar o`lmadi, aksincha, XIV-XV asrga kelib yanada gullab-yashnadi. Bu kunlar buyuk sarkarda Amir Temurning Samarqand shahrini o`z saltanatining markaziga aylantirishga qaror qilgan davrlarga to`g`ri keldi. Amir Temur saroyida bo’lgan ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo o`z bitiklarida Samarqand haqida quyidagilarni yozadi: “Temur bu shaharning gullab- yashnashini xohlardi, u qaysi yurtni egallamasin, u yerdan odamlarni bu yerga yashashi uchun olib kelar, ayniqsa turli yo’nalishlardagi ustalarni yig`ishga harakat qilardi”. Temur o`z yurti poytaxtini dunyodagi eng katta va ko`rkam shaharlar qatoriga qo`shishni istardi. Shu boisdan Samarqand shahri atrofidagi qishloqlar Bog`dod, Damashq, Qohira kabi buyuk shaharlar nomini oldiki, Temur o`z poytaxti oldida bu shaharlar bir qishloqchalik bo`lishini istardi. Samarqand shahrini 13 ta katta bog` yashtanib turardi, ularning eng kattasi shu darajada keng ediki, tarixning shohidlik berishicha, bir kuni shu bog`da adashib qolgan otni bir oy izlashgan ekan. Afrosiyob Samarqand shahrining qadimiy qoldiqla

 
 
  Bugün 15 ziyaretçi (17 klik) kişi burdaydı!
Google
 
 
Bu web sitesi ücretsiz olarak Bedava-Sitem.com ile oluşturulmuştur. Siz de kendi web sitenizi kurmak ister misiniz?
Ücretsiz kaydol